11 okt 11:07
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionatining jamoaviy aralash bellashuvlarida ishtirok etamiz (Juftliklar)
Ayni daqiqalarda musobaqaning sakkizinchi kunidan o'rin olgan aralash jamoaviy bellashuvlar o'tkazilmoqda. Unda dunyoning o'n sakkizta terma jamoasi sovrinli o'rinlar uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida tabiiyki, O'zbekiston ham bor.
Qura natijasiga ko'ra, terma jamoamiz ilk davrada Germaniyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juftlik g'olibini chorak finalda Gruziya - Italiya uchrashuvi g'olibi qarshi oladi.
O'zbekiston - Germaniya uchrashuv juftliklari:
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev — Losseni Kone
-57 kg: SHukurjon Aminova — Masha Ballhaus
-73 kg: SHahram Ahadov — Kevin Abeltshauzer
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva — Miryam Butkereyt
-90 kg: Umar Bozorov — Paul Fredrichs
+70 kg: Umida Nig'matova — Anna Monta Olek

Fikrlar