03 jan 11:11
Yangiliklar
Futbol
Bundesliga klubi SHomurodov uchun 15 million evro taklif qildi
"Rostov" forvardi Eldor SHomurodov qishki transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.
SHomurodovning agenti Qahor Mo'minovning so'zlariga ko'ra, "SHtutgart" hujumchi uchun yozda 10 million evro, CSKA ham belgilangan pulni taklif etgan.
"SE"ning malumotlariga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchi uchun Bundesliga klublarining biridan og'zaki taklif kelib tushgan: "SHomurodovni 15 million evro evaziga qo'yib yuborasizlarmi?".
Eslatib o'tamiz, SHomurodov joriy mavsum "Rostov" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6ta assist qayd etdi. Transfermarkt O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini 6,5 million evroga baholagan.
Havola :
Fikrlar