15 iyu 08:57
Yangiliklar
Futbol
Bundesliga. "SHalke"ning g'alabasiz seriyasi 13 uchrashuvga etdi
Bundesliga 31-turi doirasida “SHalke” klubi o'z maydonida “Bayer” jamoasini qabul qildi.
Gelzenkirxendagi “Feltins-Arena”da kechgan bellashuvda mezbonlar 51-daqiqada Daniel Kalijiurining 11 metrlik jarima zarbasidan so'ng hisobni ochishdi. Mezbonlar vakili Xuan Gonsales uchrashuv yakunlanishiga 9 daqiqa qolganida esa o'z darvozasii ishg'ol etib, yakunda bahsni durang natija bilan tugashini taminladi - 1:1.
Etiborlisi, “SHalke-04” jamoasi bu bilan Germaniya chempionatida qatorasiga 13-uchrashuvda g'alaba nimaligini bilmayapti.
Havola :
Fikrlar