So’nggi yangiliklar

19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0 16:48Волкановски фаолиятидаги сўнгги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 16:17"Ризеспор" матбуот хизмати Ҳусниддин Алиқулов ҳолати бўйича расмий маълумот берди 0 15:46Шара Буллет собиқ UFC чемпионига қарши жанг қилади 0 15:15Жаҳон чемпионати старт олмоқда, бугун икки боксчимиз рингга чиқади 0 14:44Фьюрининг менежери: "Саудия Арабистони энди бундай катта маблағ сарфламайди" 0 14:13Апелляция муваффақиятсиз чиққан тақдирда "Сити" 7-10 йилга Еврокубоклардан четлатилиши мумкин 0 13:42Классик шахматда катта ўзгариш: партиялар вақти қисқариши мумкин! 0 13:11Рико Верховен Деонтей Уайлдерга қарши жанг қилишга розилик берди 0 12:40Дана Уайт Перейранинг UFC шарҳловчиларига таъсир ўтказиши ҳақидаги гапларини рад этди 0 12:09Муҳаммад Салоҳ Еврокубокларда ҳали ҳеч ким қилган натижага эришди 0

16 okt 18:21
Yangiliklar

Futbol

Bundesligada sermahsullik rekordi o'rnatildi

Teglar :  Bundesliga
Germaniya chempionatining 2026/27 yilgi mavsumi dastlabki besh turida jamoalar jami 172 ta gol urishdi.

Bu Bundesliganing ushbu oraliqdagi yangi rekordi hisoblanadi.

Bundesliga rasmiy sayti statistikasiga ko'ra, bungacha bo'lgan eng yuqori ko'rsatkich 170 ta golni tashkil etgan va u 1984/85 yilgi mavsumdan beri saqlanib kelayotgandi. Joriy mavsumning 45 ta uchrashuvida jamoalar har bir o'yinda o'rtacha 3,82 tadan to'p kiritishgan.

Birgina beshinchi turning o'zida 35 ta gol qayd etildi. "Leypcig" "Ayntraxt"ni 6:0 hisobida tor-mor etgan bo'lsa, "Bayer" "Maync" ustidan 4:3 hisobida g'alaba qozondi. Aynan shu tur yakunlanganidan keyin 42 yil oldin o'rnatilgan ko'rsatkich yangilandi.

12 oktyabr ertalabki holatga ko'ra, Germaniya chempionati Evropaning kuchli beshlik ligalari orasida o'rtacha sermahsullik bo'yicha etakchilik qilayotgaydi. Ispaniya La Ligasida bu vaqtga kelib jamoalar har bir bahsda o'rtacha 3,04 tadan gol urayotgandi (taqqoslash uchun Ispaniya chempionatining 69 ta o'yini hisobga olingan).

Bundesliganing eng sermahsul jamoasi 16 ta gol bilan "Bavariya" bo'lib turibdi. "Leypcig" hisobida 15 ta, "Bayer" va "Frayburg"da esa 14 tadan gol mavjud. Leverkuzenliklar hujumchisi Patrik SHik beshta o'yinda beshta gol urib, to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Maykl Olise, Kristofer Nkunku va Niklas Fyullkrug hisobida esa to'rttadan gol bor.

Bundesligada to'liq bir mavsum bo'yicha o'rtacha sermahsullik rekordi har bir o'yinga 3,58 ta golni tashkil etadi va bu 1983/84 yilgi chempionatga tegishli. Hozirgi 3,82 ko'rsatkichi esa faqatgina dastlabki besh tur natijalariga asoslangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing