12 avg 18:03
Yangiliklar
Futbol

APL jamoalari A Seriya klublariga qaraganda 500 baravar ko'p (!) pul sarfladi
Ushbu transfer oynasida Angliya Premer-ligasi klublarining sof xarajatlari La Liga klublarinikidan 30 barobar, A Seriya klublarinikidan esa 500 barobar ko'p bo'ldi.
11 avgust holatiga ko'ra, Angliya Premer-ligasi klublarining transfer uchun ishlatgan pullari 2,3 milliard evroni tashkil qilgan. A Seriya 834 million evro sarflagan holda ikkinchi o'rinni egalladi. Keyingi pog'onani Germaniya Bundesligasi band etib, transferlar uchun 494 million evro sarf etdi.
Klublarning transferlardan tushgan daromadlari:
Angliya Premer-ligasi — 1,3 mlrd evro.
Italiya A Seriyasi — 832 mln evro.
Germaniya Bundesligasi — 466 mln evro.
Sof xarajatlar (daromadlar chegirilgan holda):
Angliya Premer-ligasi — 1 mlrd evro.
Italiya A Seriyasi — 2 mln evro.
Germaniya Bundesligasi — 28 mln evro.
Transfer oynasi 31 avgustda yopiladi.
Havola :
Fikrlar