28 noy 11:03
Yangiliklar
Futbol
Buni ko'rish shart! Portugaliya chempionatida futbolda kam uchraydigan holat yuz berdi + VIDEO
Portugaliya chempionati 12-turidan o'rin olgan “Belenensesh” – “Benfika” uchrashuvi muddatidan oldin to'xtatildi.
Koronavirus tufayli “Belenensesh”ning 17 futbolchisi karantinda bo'lgani uchun bahsda qatnasholmadi. Jamoa mamlakat futbol federaciyaga o'yinni boshqa kunga qoldirish bo'yicha so'rov yuborgan, ammo ariza qanoatlantirilmagan. Natijada mezbonlar lissabonliklarga qarshi bahsni 9 kishi bo'lib boshlashga majbur bo'lishdi.
Ilk taymda “Benfika” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta to'p kiritdi. “Belenensesh” 2-bo'limga etti futbolchi bilan chiqib keldi va hakam xushtagi chalinishi bilan ulardan biri jarohat olgani hamda o'yinni davom ettirolmasligini malum qildi. SHu tariqa, bosh hakam “Nasonal”dagi “tomosha”ni muddatidan oldin to'xtatib, mezbonlarga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyatni yozdirdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar