05 sen 14:27
Yangiliklar
Tennis
"Buni qilmang!". Sobolenko Rahimova bilan bahsdan keyin muxlislarni nasha chekishni to'xtatishga chaqirdi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko US Open turnirining to'rtinchi bosqichiga chiqqanidan so'ng, muxlislarning xulq-atvori haqida o'z fikrini bildirdi.
Belaruslik tennis malikasi US Open turnirining 3-bosqichi doirasida O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Kamilla Rahimovaga qarshi bahs davomida nashaning o'tkir hididan shikoyat qildi. U hatto hakamga murojaat qildi va o'yin qisqa muddatga ham to'xtatildi.
"Yigitlar, xohlagan narsangizni qiling, cheking, hordiq chiqaring, lekin iltimos, buni kort yaqinida qilmang! Bor kuch bilan o'ynashga harakat qilayotganimizda bu hidga chidash juda qiyin", — dedi Sobolenko.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar