16 dek 10:15
Yangiliklar

“Bunyodkor-2002” PSJni mag'lub etib yarim finalga chiqdi!
2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi bahslarda chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi tarbiyalanuvchilar PSJ klubi akademiyasi jamoasi bilan to'qnash keldi.
Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. “Qaldirg'ochlar”ning yagona golini Jasur Jaloliddinov franciyaliklar darvozasiga urdi. Penaltilar seriyasida 11:10 hisobida "Bunyodkor" raqibni mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi.
“Bunyodkor” akademiyasi so'nggi yillarda anchayin rivojlanishga erishgani mana shu o'yin orqali bilib olish qiyin emas. Dunyoga mashhur bo'lgan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilarini mag'lub etish albatta yoqimli yangilik bo'ldi.
Qayd etish kerakki, Jasur Jaloliddinov turnirdagi o'zining 9-golini urishga erishdi. U “Supermokh Cup 2016” musobaqasi to'purari bo'lishga asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.
Fikrlar
Bunyodkor yowlari o'zbek futboki kelajagini quriwyapti!!!
Omad bollar
Chempion bulib qaytilar