So’nggi yangiliklar

16:16Осиё чемпионатида яна икки йўқотиш. Маханов Оралбайга қарши жанг ўтказди 0 15:55"Барселона" Италия терма жамоаси футболчисини кузатмоқда 0 15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0 14:10Макгрегор бокс жанги ўтказди, унда иккита нокдаун қайд этилди (ВИДЕО) 0 13:49Grenke Chess Festival 2026. Икки Нодирбек ва Шамсиддинда юз фоизлик натижа 0 13:28Пакьяо Мейвезер билан реванш бўйича баёнотга жавоб қайтарди 0 13:07Пеп Гвардиола "У бутун АПЛнинг ҳақиқий афсонаси" 0 12:46Олимпиада чемпиони Аспиналл ва Ган билан рақобат қила олишини айтди 0 12:25Кроуфорд рингга қайтиш масаласи бўйича қатъий фикр билдирди 0 12:04"Номзодлар турнири". Синдаров кетма-кет учинчи марта турнинг энг яхши шахматчиси! 0 11:43"Манчестер Сити"нинг "Ливерпуль"га қарши учрашуви учун тахминий таркиби маълум 0 11:22Дмитрий Бивол яна бир чемпионлик камаридан маҳрум бўлиши мумкин 0

05 jan 17:10
Yangiliklar

Futbol

"Bunyodkor" 3 nafar futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Teglar :  Bunyodkor
SHuhrat Maqsudov murabbiyligidagi “Bunyodkor” bugundan 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

“Bunyodkor” akademiyasi maydonida boshlangan bugungi mashg'ulotlarda 20 nafar futbolchi ishtirok etdi. SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig'inning ilk kunidagi mashg'ulotlarda o'yinchilarga katta yuklamalar bergani yo'q. Futbolchilar maydonda to'p bilan ishladi va engil jismoniy mashg'ulotlarni bajarishdi. Suhrob Sultonov, Dilshod Jo'raev va Usmonali Ismonaliev ko'rikka jalb etilgan.

Jamoamiz bilan amalda shartnomasi bor Suhrob Izzatov, Odiljon Abdurahmonov, Davronjon Ergashev tez kunlarda mashg'ulotlarga qo'shiladi. Jarohatini davolatayotgan Rasul Yo'ldoshev esa, bir necha kundan so'ng umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni boshlaydi. 

Bugun boshlangan yig'in 2 fevralga qadar Toshkentda davom etadi. Bu muddat oralig'ida jamoamiz oltita nazorat o'yinida maydonga tushadi. Dastlabki raqib “Qo'qon-1912”. Uchrashuv 15 yanvarda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi Turkiyada o'tkaziladi. “Bunyodkor” rejaga ko'ra 5 fevral kuni Turkiyaga yo'l oladi. 

Bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etgan futbolchilar – Ravshan Yagudin, Sarvar Karimov, Zafar Safoev, Suhrob Sultonov, Avazbek O'lmasaliev, Bilol Tupliev, Jahongir Abdusalomov, Usmonali Ismonaliev, Dilshod Jo'raev, Muhammadodil Qahramonov, Dian Talxatov, G'ayrat Azizxo'jaev, Umid Sultonov, Sanjar Rixsiboev, Aziz Pirmuhammadov, Muzaffar Olimjonov, Xurshid Ubaydullaev, Bek Abdullaev, Alfayzi Nematov, Umarali Rahmonaliev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing