So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

16 noy 16:16
Yangiliklar

Futbol

"Bunyodkor" 6 ochkodan mahrum etildi

Teglar :  BunyodkorPFL
Superliga ishtirokchisi bo'lgan “Bunyodkor” futbol klubi rasman o'zi to'plagan ochkolarning 6 tasidan mahrum qilindi.

PFL bu boradagi talabi bajarilgani yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasiga bildirishnoma taqdim etadi. O'z navbatida O'FA bu haqda Xalqaro futbol uyushmasi FIFAni xabardor qiladi.

“Bunyodkor” ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasini shu vaqtgacha ochiq qoldirdi. Professional futbol ligasi o'z musobaqasida ishtirok etuvchi “Bunyodkor” klubini oxirigacha himoya qilishga qaror qildi. Aslida FIFA talabi shu yilning sentyabr oyidayoq bajarilishi shart bo'lsa-da, PFL vaziyatni to'g'rilash uchun “Bunyodkor”ga ikki oyga yaqin vaqt berdi. Biroq Toshkent jamoasi bu ishni yopa olmadi.

Sergey Simonenko 2015 yilgi mavsumning birinchi davrasida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan. Ammo u O'zbekistonni tark etgan vaqtda ham klub futbolchi bilan to'liq-hisob qilmagan. Keyinroq ukrainalik futbolchi FIFAga shikoyat arizasi yozgach, “Bunyodkor” ikki marta — 2016 va 2017 yillarda Sergey Simonenko uchun O'zbekiston banki orqali ochilgan plastik kartaga malum miqdorda pul tushirgan. Biroq bu pullar futbolchiga qadar etib bormagan.

“Bunyodkor” iddaosiga ko'ra, o'sha plastik karta ichida Simonenkoning pullari turibdi. Istasa, futbolchi Toshkentga kelib, uni olib ketishi mumkin. Yo'qsa, o'zining ishonchli vakilini yuridik kuchga ega bo'lgan ishonchnoma bilan poytaxtga jo'natishi kerak. Jamoaning o'zi futbolchi uchun ochilgan plastik karta ishiga aralasha olmaydi. “Bunyodkor” va Simonenko bu borada bir echimga kela olmadi. Masalaning hal bo'lishi FIFA uchun ham, PFL uchun ham muhim. Biroq fakt shuki, FIFA tomonidan aybdor deb topilgan “Bunyodkor” vaziyatni yumshata olmadi.

Qolgan davr davomida PFL “Bunyodkor”ni himoya qila olmaydi. Birinchidan, chempionat yakuniga 2 ta tur qoldi. Ikkinchidan, O'zbekiston futbol associaciyasi FIFA oldidagi majburiyatlarini bajarishi shart.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing