So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

24 sen 08:07
Yangiliklar

Futbol

“Bunyodkor” bilan Lushan o'rtasidagi sud ishi klub foydasiga hal bo'ldi

“Bunyodkor” futbol klubi va jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushan o'rtasida o'tgan yildan buyon sud jarayoni bo'lib kelayotgan edi.

2019 yil 28 fevral kuni fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudi klub murabbiyga u “Bunyodkor”dan talab qilgan summaning yarmini to'lashi lozimligi bo'yicha qaror qabul qilgan edi. Keyinchalik “Bunyodkor” sud chiqargan qaror bo'yicha Lushan oldidagi to'lovlarni amalga oshirdi. 

Ammo bunga rozi emasligini ochiqchasiga bildirib, Lushan klubga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali keskin chiqishlar qildi. Murabbiy klub ustidan sudga yana, yani ikkinchi marotaba, bu safar yuqoriroq sudga ariza berishini qayta-qayta takrorladi. 

Natijada, u fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tumanlararo sudi qarori ustidan yuqori bo'g'indagi sudga – Toshkent shahar fuqarolik sudiga kassaciya shikoyati (protest) bilan murojaat qildi.

Toshkent shahar fuqarolik sudida ham jarayon bir necha oy davom etdi. Nihoyat, 20 sentyabr kuni, Lushanning kassaciya shikoyatiga nisbatan sudning yakuniy qarori elon qilindi hamda unga ko'ra, “Bunyodkor” bilan Lushan o'rtasidagi sud ishi klub foydasiga hal bo'ldi. Demak, klubning endilikda murabbiy oldida hech qanday majburiyatlari yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing