So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

30 okt 11:16
Yangiliklar

Futbol

“Bunyodkor” futbol akademiyasi OFK tomonidan “ikki yulduzli” maqom olish arafasida

Osiyo Futbol Konfederaciyasining maxsus komissiyasi “Bunyodkor” futbol klubiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasini ko'zdan kechirish hamda “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasining “ikki yulduzli” maqom talabalariga javob berish masalasini ko'rib chiqishdan iborat edi. Baholash komissiyasi azolari sifatida yurtimizga OFK vakillari – asli vengriyalik Laslo Ishtvan Salay hamda asli Birlashgan Arab Amirliklaridan bo'lgan Rashid amir Rashid Said al-Bedvaviy tashrif buyurdi. Salay OFKning texnik direktori muovini hamda Yoshlar futbolini rifojlantirish boshqarmasi boshlig'i va Said al-Bedvaviy Yoshlar futbolini rivojlantirish boshqarmasi azosi hisoblanadi. SHuningdek, ushbu komissiyaga O'FAning texnik direktori SHavkat Imomov ham hamrohlik qildi.

Tashrif davomida komissiya azolari dastlab “Bunyodkor” futbol klubi hamda “Bunyodkor” stadioni bilan tanishdi. SHundan so'ng, mehmonlar “Bunyodkor” akademiyasining barcha bo'g'inlari bilan batafsil tanishib chiqdi. Tashrif davomida akademiyada tarbiyalanuvchilarning yashashi va futbol bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar komissiya azolarida iliq taassurot qoldirdi. OFK Yoshlar futbolini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i janob Laslo Salayning dastlabki xulosalaridan aytish mumkinki, “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi OFKning “ikki yulduzli” maqomi talablariga to'la javob beradi va futbol bilan shug'ullanish uchun akademiyada barcha sharoitlar yaratilgan. Biroq, bu baholash komissiyasining dastlabki xulosasi, rasmiy qaror bir oy ichida qabul qilinadi. 

Eslatib o'tamiz, jahon miqyosida futbol akademiyalari uch xil bronza, kumush, oltin yoki “bir yulduzli”, “ikki yulduzli”, “uch yulduzli” darajada baholanadi. “Barselona”, “Ayaks”, “Sporting” kabi klublar futbol akademiyalari “uch yulduzli” akademiyalar toifasiga kiradi. Va faxr bilan aytish mumkinki, “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi Markaziy Osiyodagi “ikki yulduzli” maqomiga talabagor bo'lgan dastlabki futbol akademiyasi hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing