16 mar 13:47
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/30383_220.jpg)
"Bunyodkor" futbolchisi Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma imzoladi
"Bunyodkor" jamoasining tajribali yarim himoyachisi SHohruh Gadoev "Key-Liga 2" azosi bo'lmish "Tedjon Sitizen" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Kelishuv "2+1" shaklida uch yilga muljallangan.
26 yoshli chap qanot vingeri tedjonliklar tarkibida 30-raqam ostida o'ynaydigan bo'ldi.
Ko'pchilikning yodida bulsa kerak, "Tedjon Sitizen" jamoasining uy arenasi - Daejeon World Cup Stadium JCH-2002ning bir nechta uchrashuvlarini qabul qilgan edi. Guruh bosqichidagi JAR - Ispaniya 2:3, Polsha - AQSH 3:1 hamda jahon chempionatlari tarixidan alohida o'rin olgan 1/8 finaldagi Janubiy Koreya - Italiya 2:1 bellashuvlari shular jumlasidandir.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar