09 jan 07:46
Yangiliklar
Futbol

"Bunyodkor" klubida bosh direktor o'zgardi
Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi rahbariyatida o'zgarish amalga oshirildi.
Bu haqda "qaldirg'ochlar" matbuot xizmati xabar berdi.
2017 yil may oyidan buyon "Bunyodkor" FK bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Murod Boqievich Aliev o'z xohishiga ko'ra, lavozimidan ozod etildi. Klubga bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib bugungi kunga qadar "Bunyodkor" sport direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Ulug'bek Abdusattorovich Mirzaev tayinlandi.
Havola :
Manba : "Бунёдкор" матбуот хизмати
Fikrlar