23 jan 17:08
Yangiliklar
Futbol

"Bunyodkor" o'z safiga serbiyalik hujumchini qo'shib oldi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o'z tarkibiga yangi futbolchi qo'shib oldi.
Ortda qolgan mavsumni “Qo'qon-1912” klubida o'tkazgan serbiyalik
hujumchi Filip Raevac keyingi faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi
bilan bog'ladi.
Raevac kuni kecha tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. SHundan so'ng, “Bunyodkor” FK va Filip Raevac o'rtasida shartnoma imzolandi.
"25 yoshli hujumchi “Bunyodkor” g'alabalariga o'zining munosib hissasini qo'shadi, degan umiddamiz.
“Bunyodkor” FK oilasiga xush kelibsan, Filip!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Havola :
Manba : fcbunyodkor.com
Fikrlar