26 iyu 14:14
Yangiliklar

"Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirdi
Ushbu tadbirda klub bosh direktori Murod Aliev, jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va yangi futbolchilar ishtrok etishdi.
Kirish so'zini "Bunyodkor FK" bosh direktori Murod Aliev boshlab berdi:
"Assalomu alaykum, bugungi yig'ilish qatnashchilari. Sizlarni ushbu tadbirda
ko'rib turganimdan xursandman. May oyida Mirjalol Qosimovni bosh murabbiy
sifatida tanishtirish marosimida uchrashgandi. Mana endi ikkinchi davra
oldidan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimida uchrashib turibmiz.
U
paytda birinchi davra o'yinlari davom etayotgadi. Yangi futbolchilarni o'z
safimizga qo'shib olish imkoniyati yo'q edi. Endi esa mana, o'z
tarbiyalanuvchilarimizni, shuningdek o'z vaqtida jamoamizda o'ynagan
yigitlarni "Bunyodkor"ga qaytara oldik. Undan tashqari "Obod"dan SHoxruz
Norxonovni taklif qildik. Avvalambor, muxlislarni stadionga qaytarishimiz
kerak. SHuningdek, raqobat bo'lishi lozim. Biz uchun imkoniyatlar yaratib
qo'yilgan. Qilayotgan ishlarimiz o'z samarasini berishi kerak. Ayni paytda
ko'plab o'zgarishlar ro'y bermoqda. Raqobat oshsa futbolimiz saviyasi
ko'tariladi. "Paxtakor" kuchaymoqda, "Lokomotiv" ham so'nggi 2-3 yil ichida
chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylandi.
Hozirda oldimizdagi
eng birinchi va asosiy vazifa - "Neftchi"ga qarshi o'yinda g'olib chiqish.
O'zbekiston kubogini qo'lga kiritmoqchimiz. Ko'rdik, yigitlarimiz "Nasaf",
"Lokomotiv" kabi kuchli jamoalarga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarda bo'sh
kelmay, yaxshi o'yin ko'rsata oldilar. Nasib qilsa yangi futbolchilar bilan
yangi maqsadlarimizga erishamiz.
SHomurodov? Eng avvalo shuni aytib
o'tishimiz kerakki, futbolchi shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida o'ziga
boshqa jamoa qidirishga haqqi bor. Otabek va Eldorga yangi shartnoma taklif
qilgandik. Ammo, shuni ham aytib o'tishim lozimki, SHomurodovga bosh murabbiy
tomonidan ham etirozlar bo'lgandi. Uning fikru-hayoli boshqa klub bilan
shartnoma imzolash edi. Futbolchi borasida faqat "Rostov" rasmiy taklif
bilan chiqdi. Ungacha esa SHomurodovning o'zi klub bilan shartnomaga imzo
chekib bo'lgan ekan. Biz uning qilgan bu ishidan biroz ranjidik. Yakunda,
unga oq yo'l tiladik. U kuchli chempionatga yo'l oldi. Unga omad tilaymiz.
Rossiya chempionatida Ahmedov, Denisov kabi kuchayib ketsa, terma jamoamiz
ham kuchayadi.
Biz kuchli chempionat klublaridan taklif tushadigan bo'lsa,
futbolchimizni ushlab o'tirmaymiz. Bu borada Otabekka ham tushuntirish
ishlarini olib bordik.
Dostonbek Hamdamovning esa biz bilan 1,5
yillik shartnomasi bor. U borada ham "Ufa"dan taklif tushgan. Lekin, biz
o'z oldimizga OCHLda o'ynash maqsadini qo'yganmiz. Dostonni qo'yib yuborish
niyatimiz yo'q. U bilan kelishib oldik. Ammo, kelajakda unga takliflar
bo'ladigan bo'lsa, Dostonga oq yo'l tilaymiz", - deydi Murod Aliev.
So'ngra so'z klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga berildi:
"Davralar
oralig'ida CHimyonda yig'in o'tkazdik. Yig'in ko'ngildagidek o'tdi deb
o'ylayman. Ayrim futbolchilarimiz yoshlar terma jamoasi bilan birga bo'ldi.
Osiyo chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etib kelishdi. Bundan tashqari,
milliy terma jamoa ham 17-24 iyul kunlari Turkiyada yig'in o'tkazdi. U
erda Norxonov, SHukurov, Umirov kabi futbolchilarimiz taklif qilingandi.
19 iyuldan boshlab Toshkentda, o'zimizning mashg'ulot maydonimizda
shug'ullandik. Orada "Metallurg" bilan ham o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdik.
Nasib qilsa, qo'ldan kelganicha harakat qilib, kerakli natijalarga
erishamiz", - deydi o'zbek futboli afsonasi.
SHundan so'ng OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan tadbir ishtirokchilariga murojaat qilishdi.
-
Yangi futbolchilarning 5 nafari "Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi yoki
tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Nima uchun yana aynan ushbu futbolchilarni
jamoaga taklif qildingiz?
MQ: - Darvozabon Suhrob
Sultonovni Murod Zuhurovga raqobat tug'dirishi uchun taklif qildik.
Futbolchilarga raqobat kerak. Ularda raqobat bo'lmasa asosiy tarkibdagi
o'rinni yo'qotish qo'rquvi bo'lmaydi. Himoyachilar haqida gapiradigan bo'lsak...
Bizda ikki nafargina nominal himoyachimiz bor. Buning ustiga Rustamning
jarohati bor. U ayni paytda jarohatdan tiklanish bilan band. Anvarning
imkoniyatlarini esa juda yaxshi bilaman. Uning hali jamoamizga foydasi
tegadi.
Islom Qobilov o'zimizning futbolchi. Uni ijara asosida "Metallurg"ga bergandik. Endi esa Islomni ortga qaytardik.
Sobirxo'jaev
va Gadoevlarni ham juda yaxshi bilaman, ular o'z vaqtida O'zbekiston terma
jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchilar hisoblanadilar.
SHodiev
haqida gapiradigan bo'lsak, u hozir formada emas. Ammo, o'ylaymanki u o'z
formasiga qaytadi. Vohid bosh bilan yaxshi o'ynay oladigan futbolchi
hisoblanadi.
Men bosh murabbiy bo'lib kelganimdan so'ng standart
vaziyatdan umuman gol urganimiz yo'q. Ammo, bunday vaziyatlardan ko'p gol
o'tkazib yubormoqdamiz. Standartlar futbolning bir qismi. Bu mashg'ulotlarda
biz standart vaziyatlar ustida ishlamaymiz degani emas. Ammo, jamoada
ayni paytda bu borada muammolar ko'p. Standart vaziyatlar borasida
o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak.
Legionerlar? Bu yaxshilab o'ylab,
tanlab-tanlab olinadigan narsa hisoblanadi. Davralar oralig'ida bizda
vaqt kam edi. Nasib qilsa, vazifani o'z yigitlarimiz bilan uddalaymiz.
Futbolda
oxirigacha kurashish kerak. Legionerlar masalasida mavsum yakunlangandan
so'ng selekciya bo'lib o'tadi. Yangi legioner har tomonlama tekshirilib,
chertib-chertib tanlanadi.
- Mana jamoa taklifiga rozi bo'lgan futbolchilarni ko'rib turibmiz. Orada "Bunyodkor" taklifini rad etgan futbolchilar ham bo'ldimi?
- Bo'ldi. Akmal SHorahmedov. Uning "Nasaf" bilan shartnomasi mavjud.
- Eldor SHomurodovning transfer summasi qanaqa bo'ldi?
MA:
- SHomurodov borasida "Rostov" bilan kelisha oldik. "Nasaf" bilan o'yindan
so'ng, kechki payt SHomurodov yangi shartnomaga qo'l qo'yib bo'lganini bildik.
Bo'lar ish bo'ldi. U yangi kelishuvga imzo chekib bo'lgandi. Eldor futbolchi
sifatidagi o'z imkoniyatidan foydalandi. Xafa bo'lganim, bir jamoada uch yil
muddat o'ynagan futbolchi murabbiy, futbolchilar va jamoa bilan xayrlashishi
lozim edi. Mayli, shunday bo'lsada unga omad tiladik. Terma jamoa
manfaati birinchi o'rinda turadi. Unga oq yo'l tilaymiz. Transfer summasi
esa sirligicha qolaqolsin.
Islom va Sardorlar o'z akademiyamizdan
chiqqan futbolchilar hisoblanadilar. Ularni yangi deb hisoblamaymiz. Yangi
deb darvozabonimiz Suhrob Sultonovni aytish mumkin. Akademiyamiz
faoliyatini yanada kuchaytirmoqchimiz. Bunday sharoitlardan to'liq
foydalanishimiz kerak. Ayni paytda ham yosh kuchli futbolchilarimiz etarlicha.
MQ:
SHomurodov haqida qo'shimcha qilib ketmoqchiman. Futbolchini majburlab
o'ynatib bo'lmaydi. Qaysidir o'yindan so'ng futbolchilarga dam olish uchun bir
kun bergandik. O'sha bir kun ichida Eldor Moskvaga borib kelgan va yangi
shartnomaga qo'l qo'yib kelgan. U birinchi davrada bittagina gol kiritdi.
Uning hayoli joyida emasdi. Fikru-hayoli umuman boshqa narsada edi.
Futbolchi sifatida u balki to'g'ri yo'l tutgandir. Lekin, murabbiy sifatida
men aytadigan bo'lsam, u noto'g'ri ish qildi. Uning bu ishi terma jamoaga
zarar keltirmasa bo'ldi. Uni olib qolish uchun ko'p narsa qildik. Nima
bo'lgan taqdirda ham unga omad tilab qolamiz. Rossiyada o'ynash oson emas.
Unga yomonlik qilishni istamaymiz. Istaymizmi-istamaymizmi, u "Bunyodkor"
futbolchisi sifatida transfer qilindi. O'sha erda o'ynab, terma jamoamizga
foyda keltirsa xursand bo'laman.
MA:
Norxonoving o'yinlarini oldin ko'p kuzatganman. Agar jamoamiz OCHLga
chiqib, u jamoamizga foyda keltira olsa juda xursand bo'lardik. SHoxruzni
ham, Anvarni ham "Obod"dan tekinga oldik.
- Eldorning o'rni bilinadimi?
MQ:
- Bu futbolda normal holat. Uning o'rniga boshqa futbolchilarimiz bor.
Jamoada bir futbolchi o'ynamaydi. Aytganimdek, uni olib qolishga harakat
qildik. SHunday bo'lsada, uning o'rnida o'ynaydigan boshqa futbolchilarimiz
bor.
- Ertaga "Neftchi"ga qarshi o'yinda qanday o'yin ko'rsatmoqchisizlar? Dastlabki o'yindagi ustunlikni ushlab qolish uchun o'ynaladimi?
-
Ertaga albatta o'z o'yinimizni namoyish etamiz. Safarda 1:2 hisobida
g'alaba qozonganmiz. Ammo, raqibni hurmat qilamiz. O'yinni 0:0 hisobidan
boshlaymiz.
- Akmal SHorahmedov borasida qanday fikrdasiz?
-
Zo'r bola (kuladi). "Nasaf" uni qo'yib yuborishi mumkinmi? Balki.
SHartnomasini bilish kerak. Ammo, hozircha shu tarkibimiz bilan o'z
maqsadimizga erishmoqchimiz.
SHundan so'ng "qaldirg'ochlar" safiga yangi borib qo'shilgan futbolchilarga yangi futbolkalar topshirildi.
Avvalroq xabar qilganimizdek, "Bunyodkor" safiga borib qo'shilgan futbolchilar quyidagi raqamlarda harakat qiladilar:
Anvar G'ofurov - 6
Islomjon Qobilov - 3
SHohruh Gadoev - 22
Sardor Sobirxo'jaev - 18
Vohid SHodiev - 14
SHohruz Norxonov - 77
Suhrob Sultonov - 32.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Suratlar muallifi Tolibjon Qosimov

Fikrlar