17 iyu 17:50
Yangiliklar
Futbol

"Bunyodkor"da qaysi futbolchida koronavirus infekciyasi aniqlangani malum qilindi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi futbolchilaridan birida koronavirus infekciyasi aniqlangani bois 9-turdan o'rin olgan "Buxoro"ga qarshi bahs qoldirilgan edi.
Ushbu futbolchi aynan kim ekanligi borasida klub matbuot xizmatiga murojaat qildik:
"Bunyodkor" himoyachisi Islomjon Qobilov koronavirus infekciyasini yuqtirib olgandi. Unda engil formasi kuzatilgan va tana harorati tezda pasaygan. Futbolchiga shifokorlar tomonidan bir hafta davomida davolanish tavsiya qilingan. Qolgan hech bir futbolchimiz va klub xodimlarida virus aniqlangani yo'q", - deb javob berdi klub matbuot xizmati vakili.
Saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan Islomjon Qobilovga tezroq sog'ayib safga qaytishini tilaymiz.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar