12 may 21:42
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Butunjahon elkanli sport turlari federaciyasiga yangi bosh direktor saylandi
Butunjahon elkanli sport turlari federaciyasi bosh direktor etib Devid Grem saylandi.
Takidlash kerakki, Devid Grem bu sohada qariyb 20 yillik tajribaga ega inson hisoblanadi. Mutaxassis ushbu lavozimda 2020 yilning 13 iyulidan ish boshlaydi.
Grem faoliyati davomida mazkur sport va federaciya bo'ig'nlaridagi sotuv bo'limi, tadbirlar tashkil etish bo'limi, murabbiylik, homiylik ishlari, shuningdek, bosh direktor hamda boshqaruvchi direktor lavozimlarida ishlagan.
Uning so'nggi ish joyi esa Oman Sail tashkiloti bo'lgan. Devid Grem 2009 yildan 2020 yilgacha Oman davlatida elkanli sportni rivojlantirish va targ'ib qilish bo'yicha faol ish olib borgan.
Eslatib o'tamiz, Butunjahon elkanli sport turlari federaciyasining amaldagi prezidenti Kim Andersen hisoblanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar