So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

16 iyu 18:35
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boshlanishiga oz qolmoqda: musobaqa haqida nimalar bilamiz?

SHu yilning 28 iyul - 10 avgust kunlari Hindistonning CHennay shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.

Bir necha sabablar tufayli uzoq tanaffusdan so'ng o'tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada jahonning 100 dan ortiq mamlakatidan grossmeysterlar medallar uchun kurash olib boradilar. 


Tanaffusdan keyin o'tkazilayotgan Olimpiada

Hisob bo'yicha 44-Olimpiada hisoblanadigan ushbu bahslar 2020 yilning avgustida Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida o'tkazilishi lozim edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sabab Olimpiada boshqa muddatga qoldirilgandi. SHu yil fevral oyida Rossiya Federaciyasining Ukrainaga bosqini sabab FIDE 44-SHaxmat Olimpiadasi Rossiyadan olib qo'yilishini malum qildi. SHu yil 15 mart kuni esa Olimpiada mezboni sifatida Hindistonning CHennay shahri elon qilindi. 

Bahslar 11 ta turdan iborat shveycarcha tizimda tashkil etiladi. 

Bellashuvlarga 29 iyul kuni start beriladi. 9 avgust kuni esa so'nggi 11-kun bahslari o'tkaziladi. Umumiy hisobda eng ko'p ochko to'plagan terma jamoalar mos ravishda oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishadi. 


O'zbekistonning shaxmat Olimpiadalaridagi ishtiroki haqida qisqacha

O'zbekistonlik shaxmatchilar bungacha 1992 yilda Filippinning Manila shahri mezbonlik qilgan 30-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida erkaklar o'rtasida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishgan. O'shanda terma jamoamiz sharafini Valeriy Loginov, Grigoriy Serper, Aleksandr Nenashev, Sergey Zagrebelniy, Mixail Saltaev va Saidali Yo'ldoshev himoya qilgan. 

So'nggi marotaba 2018 yilda o'tkazilgan Batumi Olimpiadasida esa erkaklar o'rtasida 16, ayollar o'rtasida esa 17-o'rinni qo'lga kiritganmiz. 

2018 yili Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi musobaqada hamyurtlarimiz chempionlikni qo'lga kiritishgandi. O'sha avlodning asosiy vakillari yaqinlashib kelayotgan Olimpiadada O'zbekiston sharafini himoya qilishadi. Demak, chempionlik ruxiyati haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. 

Terma jamoamiz tarkibi hali O'zbekiston shaxmat federaciyasi tomonidan rasman elon qilingani yo'q. Yaqin orada terma jamoa tarkibi malum qilinishi kutilmoqda. 


O'zbekiston 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasi mezbonligi uchun kurashadi

Ushbu Olimpiada doirasida FIDE Kongressi ham tashkil etiladi. Kongress doirasida 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasi mezboni ham elon qilinai. Avvalroq ushbu musobaqa mezbonligi uchun O'zbekiston ham davogarlik qilishi haqida Olamsport.com saytida malum qilgandik. 

Malumot uchun, 45-Olimpiadaga Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilishi aniq bo'lib ulgurgan. Ajab emaski, 46-Olimpiada O'zbekistonga nasib etsa. 


SHaxmat Olimpiadalarida qaysi mamlakatlar etakchi? 

Har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi statistikasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, erkaklar o'rtasidagi bahslarda SSSR terma jamoasi 18 ta oltin medal (1 ta kumush) bilan yaqqol ustun bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindan AQSH terma jamoasi 6 ta oltin (6 ta kumush va 8 ta bronza) bilan joy olgan. Rossiya ham AQSH kabi 6 ta oltin medalga ega (3 ta kumush, 3 ta bronza). Faqat kumushlar hisobiga ko'ra ular okeanorti vakillaridan ortda qolishadi. 


Ayollar o'rtasidagi bahslarda ham SSSR 11 ta oltin medal qo'lga kiritib, birinchi o'rinda qayd etilgan. 6 ta oltinga ega chiqqan Xitoy ikkinchi pog'onani band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Gruziya yakun yasagan. 

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 1924 yildan buyon o'tkazib kelinadi. 

Yaqinlashib kelayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi azolariga omad tilaymiz.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing