15 sen 08:28
Yangiliklar
SHaxmat
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi: Bugun 5-tur o'tkaziladi. Terma jamoalarimizning raqiblari aniq bo'ldi
Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 5-tur bahslari o'tkaziladi.
Hozircha 6 ochkoga ega bo'lib turgan erkaklar terma jamoamiz bugun Moldovaga qarshi bahs olib boradi.
Mag'lubiyatsiz odimlayotgan qizlarimiz esa Gruziyaga qarshi bellashadilar.
Bahslar O'zbekiston vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar