So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

05 dek 17:42
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi

Xabar berib o'tganimizdek, o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar 24 noyabr - 3 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgandilar.

Hamyurtlarimiz musobaqada to'qqiz tur yakuniga ko'ra eng ko'p ochko jamg'arib, oltin medalga ega chiqdilar. Musobaqa davomida Rossiya,  Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova, Xitoy terma jamoalari mag'lub etildi. SHaxmat Olimpiadasida yurtimiz sharafini Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi. Ular bahslarda murabbiy Saydali Yo'ldoshev boshchiligida dona surishdi.

Bugun, 5 dekabr kuni O'zbekiston shaxmat federaciyasida ortda qolgan musobaqa yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Butunjahon shaxmat Olimpiadasi qahramonlari, O'zbekiston shaxmat federaciyasi mutasaddilari, yosh aql-idrok sohiblari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi o'rinbosari Husan Turdaliev yakunlangan musobaqa haqida gapirdi.

"Bir necha kun oldin Turkiyada yakunlangan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o'smirlarimiz katta g'alabani qayd etishdi. Bu biz uchun, umuman o'zbek sporti, o'zbek shaxmat oilasi uchun juda katta yutuqdir. Mazkur Olimpiadada eng yaxshi natijamiz 2004 yilda qayd etilgan bo'lib, o'shanda hamyurtlarimiz uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandilar. Bu safar esa tarixda ilk marotaba shaxmatchilarimiz oltin medalga sazovor bo'ldilar. Biz bundan juda xursandmiz. Jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani alo darajada bajardi. Ishonchim komil, yoshlarimiz bu bilan to'xtab qolishmaydi", - dedi Husan Turdaliev.

SHundan so'ng ommaviy axborot vositalari xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Anjumanda federaciya mutasaddilari yaqin orada o'tkaziladigan musobaqalar, federaciyaning rejasi haqida malumot berishdi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Saydali Yo'ldoshev esa musobaqa davomida amalga oshirgan strategiyasi, shaxmatchilarimizning partiyalar davomida qayd etgan natijalari haqida gapirib berdi.

Tadbir yakunida yosh shaxmatchilar va ularning murabbiyi munosib ishtirok uchun taqdirlanishdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing