So’nggi yangiliklar

12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0

25 sen 08:01
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan Nodira Nodirjonova ajratilgan mukofotlar haqida: "Bundan xafaman"

SHaxmat bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi, Vengriyaning Budapesht shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan Nodira Nodirjonova ularga etarlicha mukofotlar ajratilmaganidan norozi ekanini bildirdi.

"[SHaxmatchi qizlarga avtomashina berilmaganidan], albatta, xafaman. [Parijda bo'lgan] yozgi Olimpiada ishtirokchilarini yaxshi taqdirlashdi, paralimpiyachilarni ham yaxshi taqdirlashdi. Kumush medalni olishim oson bo'lmadi, bor kuchim va energiyamni berib, harakat qildim", dedi sportchi.

Musobaqada bronza medallarini qo'lga kiritgan shaxmat bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasiga "Prezident sovg'asi" sifatida BYD rusumli avtomobillar topshirildi.

34 yoshli Nodira Nodirjonova beshinchi taxtada 6 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etib, ushbu taxtada kumush medalga ega chiqdi.

Malumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 avgustdagi PQ-347 sonli qaroriga ko'ra, Nodirjonova Butunjahon shaxmat Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishi zarur.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing