So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 noy 11:22
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o'smirlarimiz muvaffaqiyatli odimlashmoqda

Teglar :  SHaxmat
2018 yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida shaxmat bo'yicha Butunjahon olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada Saidali Yo'ldoshev murabbiyligi ostida yosh shaxmatchilarimiz Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, SHamsiddin Vohidov va Sitora Saparovalar yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi birinchi turda Vengriya termasini 4-0 hisobida mag'lub etdi. Nodirbek Abdusattorov (2560) birinchi doskada Ferenc Kombochni (2290) taslim qilgan bo'lsa, Nodirbek Yoqubboev (2549) ikkinchi doskada Endre Schikini (2282) mag'lub eta oldi. Javohir Sindorov (2513) uchinchi doskada Marsel Borxi (2201) ustidan zafar quchdi. Sitora Saparova (1848) to'rtinchi doskada reyting bo'yicha o'zidan ancha kuchli raqibi Agoston Yuxasni (2139) mag'lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi turda esa shaxmatchilarimiz Polsha termasini 3-1 hisobida taslim etishdi. Nodirbek Abdusattorov (2560) birinchi doskada qora donalarda Yakub Kosakovskini (2413) taslim etdi. Nodirbek Yoqubboev (2549) ikkinchi doskada oq donalarda Kosma Pasan-Milexni (2334) ortda qoldirdi. SHamsiddin Vohidov (2456) uchinchi doskada o'zining ilk partiyasida g'alaba qozondi. U Miesko Mis (2307) ustidan zafar quchdi. Sitora Saparova (1848) to'rtinchi doskada oq donalarda Mariya Malichkaga (2013) imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchinchi raundda Moldova terma jamoasini 3,5-0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. To'rtinchi turda vakillarimiz amerikalik raqiblariga 1,5 - 2,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydilar.

Endi hamyurtlarimiz beshinchi tur o'yinlarini Rossiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing