02 dek 14:18
Yangiliklar
Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston etakchilik qilmoqda
Musobaqada yurtimiz sharafini Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, SHamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qilmoqda.
Hozirga kelib shaxmat Olimpiadasining 8 turi ortda qoldi. Sakkizinchi turda shaxmatchilarimiz eronlik raqiblarini 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar. Nodirbek Yoqubboev raqibidan ustun kelgan bo'lsa, Abdusattorov, Sindorov va Vohidov durangga erishdi.
Ayni paytda sportchilarimiz turnir jadvalida peshqadam bo'lib turishibdi.
Yosh shaxmatchilarimiz bungacha quyidagi natijalarni qayd etgandilar:
O'zbekiston - Vengriya 4:0
O'zbekiston - Polsha 3:1
O'zbekiston - Moldova 3,5:0,5
O'zbekiston - AQSH 1,5:2:5
O'zbekiston - Rossiya 3:1
O'zbekiston - Hindiston 3:1
O'zbekiston - Ukraina 3,5:0,5
Bugun hamyurtlarimiz Xitoy terma jamoasiga qarshi dona suradilar.
Fikrlar