21 apr 16:27
Yangiliklar

Buxoro “Fyuchers”. Bosh sovrin Yaponiyaga ketadi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida bugun final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bosh sovrin uchun kortga yaponiyalik Xiroki Moriya hamda rossiyalik Evgeniy Tyurnev chiqishdi.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan Moriya to'rtinchi raqam ostida harakat qilgan raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:0, 6:1 hisobida mag'lub etib, bosh sovrin sohibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimizdan asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Humoyun Sultonov chorak finalda aynan Tyurnevga 4:6, 2:6 hisobida yutqazgandi. Sanjar Fayziev esa chorak finalda ikkinchi raqam ostida harakat qilgan rossiyalik Konstantin Kravchukka 2:6, 6:3, 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar