19 apr 08:16
Yangiliklar

Buxoro “Fyuchers”. Sultonov va Fayziev chorak finalda
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida 7 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan va ulardan faqatgina ikki nafari ikkinchi davraga yo'l olgan edi.
Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Humoyun Sultonov g'alabali seriyani ikkinchi davrada ham davom ettirdi. Yosh tennischimiz turnirning sakkizinchi raketkasi ukrainalik Vladislav Manafovni 7:6(4), 6:1 hisobida taslim etdi.
Musobaqada beshinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev esa argentinalik Manuel Pena Lopesdan 6:4, 6:1 hisobida ustun kelib, chorak finalga yo'l oldi.
Endi Sultonov yarim final chiptasi uchun turnirning to'rtinchi raketkasi rossiyalik Evgeniy Tyurnevga, Fayziev esa ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan yana bir rus tennischisi Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar