20 apr 09:20
Yangiliklar
Tennis

Buxoro “Fyuchers”. Sultonov va Fayzievni to'xtatishdi
Buxoro shahridagi “Dilkusho” sport majmuasida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida ishtirokini davom ettirayotgan ikki hamyurtimiz chorak final uchrashuvlarida kortga chiqishdi va afsuski ularning har ikkisi ham mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Humoyun Sultonov yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda turnirning to'rtinchi raketkasi rossiyalik Evgeniy Tyurnevga 4:6, 2:6, Fayziev esa ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan yana bir rus tennischisi Konstantin Kravchukka 2:6, 6:3, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar