So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

18 dek 09:14
Yangiliklar

Dzyudo

Buxoro kichik yosh toifasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi

Teglar :  DzyudoBuxoroBO'SM
15-17 dekabr kunlari Buxorodagi sport maktabi manejida Bolalar va o'smirlar sport maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

U13 va U15 yosh toifasidagi dzyudochilar o'rtasida tashkil etilgan mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Bolalar va o'smirlar sport maktablarining iqtidorli dzyudochilari bir nechta vazn toifasida o'zaro bellashishdi.

Jami 431 nafar dzyudochi qatnashgan O'zbekiston chempionatining 13 yoshlilar bahsida mezbonlar umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Kuchli uchlikdan Samarqand va Qashqadaryo BO'SM jamoalari joy olishdi. 

Etiborlisi, umumiy ishtirokchilarning 172 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Bu quvonarli hol, albatta. U15 yosh toifasidagi O'zbekiston chempionatida Navoiy viloyati jamoasi g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi. Kuchli uchlikni Xorazm va Samarqand viloyati yosh dzyudochilari yakunlab berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing