18 apr 07:47
Yangiliklar
Tennis

Buxoroda “Fyuchers” turniri davom etmoqda
Buxoro shahridagi “Dilkusho” sport majmuasida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'ridan 7 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagandi. Ulardan faqatgina ikki nafari ikkinchi davraga yo'l oldi.
Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Humoyun Sultonov rossiyalik Artur SHaxnubaryanni 6:1, 7:6(5) hisobida mag'lub etdi. Beshinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev esa yana bir vakilimiz Botir Sapaevdan 6:3, 6:0 hisobida ustun keldi.
Jo'rabek Karimov, Ahad Ermatov, Pavel Coy va Saidalo Saidkarimov ilk davradayoq raqiblariga imkoniyatni boy berib, yakkalik bahslaridagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
11:47
Xalokov "Eyndxoven kubogi"ning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Habibullaevda ham sovrin + FOTO 0
Fikrlar