05 avg 08:31
Yangiliklar
Futbol

"Buxoro"da ruminiyalik murabbiy ish boshladi
"Buxoro" murabbiylar shtabi yana bir xorijlik mutaxassis bilan kuchaytirildi.
"Buxoro" jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Jamshid Saidov o'zining shtabiga o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan, ruminiyalik mutaxassis Augustin CHiricani qo'shib oldi. U jamoada doimgidek jismoniy tayyorgarlik bo'yicha faoliyat olib boradi.
Ushbu murabbiy bundan avval "Bunyodkor", "Sug'diyona" jamoalarida Sergey Lushanga yaqindan ko'maklashgan edi . SHuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasini 2018 yil Urugvayga qarshi bahsga tayyorlashda yordam bergan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar