17 apr 10:32
Yangiliklar

Buxorodagi turnirda saralashning so'nggi bahslari o'tkazilyapti
Bugun sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning so'nggi saralash bahslari o'tkazilyapti. Kunning ikkinchi yarmida asosiy to'rga yo'llanma olgan barcha tennischilar nomi malum bo'ladi.
O'n uch nafar tennischimizda ana shu yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyatin mavjud. Hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Sergey Fomin, Azizbek Luqmonov, Pavel Coy va Saidalo Saidkarimov to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rda qatnashish huquqini qo'lga kiritishgan.
Qura natijasiga ko'ra, Fomin birinchi davrada turnirning birinchi raketkasi, qozog'istonlik Dmitriy Popkoga qarshi kortga chiqadi. Musobaqada 8-raqam ostida tasniflangan Ismoilov rossiyalik Evgeniy Tyurnev bilan hisob-kitob qiladi.
Pavel Coy ukrainalik Vadim Ursu bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Qolgan tennischilarimizning raqiblari saralash turniri g'oliblari bo'ladi.
Fikrlar