26 may 13:04
Yangiliklar

Byorns Kovington yoki Masvidal bilan jang qilish niyatida
"Hozir Kolbi Kovington yoki Xorxe Masvidal bilan jang ahamiyatga ega, menimcha. Bu men xohlagan ikki jang, albatta yuridik muammolarni inobatga olgan holda. Kutishim kerak bo'lsa, kutaman. Menga baribir. Bu ahamiyatga ega janglar, shu janglarda ishtirok etishni xohlayman.
Meni noto'g'ri tushunmang — har qanday jangchi bilan urushishga tayyorman, ammo birinchi navbatda jangga loyiq ekaningni isbotlashing zarur.
Juda ko'p shug'ullandim, yigitlarga reytingda ko'tarilishi uchun imkon berdim, lekin endi barchasi o'zgardi. Endi Kolbi yoki Xorxe bilan jang qilishni xohlayman. SHunday inson bo'lishni xohlardim, bunga ko'p kuch sarfladim. Nihoyat bunga erishdim ham. Endilikda to'lqinga tushib olishim va undan foydalanishim kerak. Muxlisdarim soni aqldan ozadigan darajada. Imkoniyatlarim, kelishuvlarim o'zgaryapti, bu janglarimda ham aks etishi kerak", - deya Byornsning so'zlarini keltiradi MMA Junkie.
Fikrlar