So’nggi yangiliklar

17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0

15 apr 12:05
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Women Tournament 2024. Tan yana yakka peshqadam

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Kanadaning Toronto shahri shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniriga mezbonlik qilmoqda.

Ayol shaxmatchilar musobaqasi murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tmoqda. Xitoyliklar Ley Tincze, Tan CHjuni, hindistonliklar Xampi Koneru, Rameshbabu Vayshali, ukrainalik Anna Muzichuk, bolgariyalik Nurgyul Salimova, FIDE bayrog'i ostida ishtirok etayotgan Aleksandra Goryachkina va Katerina Lagno toj davogarini aniqlab berish uchun o'zaro bahs olib borishyapti.

Kecha o'tkazilgan 9-turdan so'ng turnir jadvalida yana yakka peshqadamlik yuzaga keldi. Avvalgi turdan keyin uch nafar karvonboshi paydo bo'lgandi. Xitoylik Tan CHjuni qora donalarda o'ynashiga qaramay, Rameshbabu Vayshalidan ustun keldi. Uning asosiy raqibalari Aleksandra Goryachkina va Ley Tincze kechagi turda ochko yo'qotishdi. Buning natijasida Tan 6 ochko bilan turnir jadvalida yana yakka peshqadam bo'lib oldi. 

Candidates Women Tournament 2024. 9-tur natijalari

Xampi Koneru (Hindiston) — Ekaterina Lagno (FIDE) — 1/2:1/2

Rameshbabu Vayshali (Hindiston) — Tan CHjuni (Xitoy) — 0:1

Ley Tincze (Xitoy) — Nurgyul Salimova (Bolgariya) — 1/2:1/2

Anna Muzichuk (Ukraina) — Aleksandra Goryachkina (FIDE) — 1/2:1/2


9-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1. Tan CHjuni – 6 ochko

2-3. Goryachkina, Ley – 5,5 

4. Lagno – 5

5-6. Koneru, Salimova – 4

7. Muzichuk – 3,5

8. Rameshbabu Vayshali – 2,5

Candidates Women Tournament 2024. 10-tur juftliklari

Ekaterina Lagno (FIDE) — Anna Muzichuk (Ukraina)

Aleksandra Goryachkina (FIDE) — Ley Tincze (Xitoy)

Nurgyul Salimova (Bolgariya) — Rameshbabu Vayshali (Hindiston)

Tan CHjuni (Xitoy) — Xampi Koneru (Hindiston)  


Malumot uchun, Candidates Tournament 2024 turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 evroni tashkil etadi. Umumiy summadan 500 ming dollari erkaklar, 250 mingi ayollar o'rtasidagi turnirga tegishli. Yani, erkak shaxmatchilar mukofot pulini ayollarga qaraganda ikki barabar ko'proq olishadi. Erkaklarda g'olib 48 000, ayollar esa 24 000 evroni qo'lga kiritadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing