15 iyu 18:47
Yangiliklar
Parij Olimpiadasi finalida Svetlana Osipovani mag'lub etgan franciyalik taekvondochi sportdan chetlatildi
Qoidabuzarlik sportchilarning kutilmagan doping nazoratlarini o'tkazish uchun o'z joylashuvi haqida malumot taqdim etish majburiyati — "whereabouts" tizimi bilan bog'liq.
Franciya Dopingga qarshi kurash agentligi qaroriga ko'ra, Loren 12 oy ichida mazkur qoidalarni uch marta buzgan.
Natijada Alteya 2026 yil 9 fevraldan 2027 yil 9 oktyabrgacha diskvalifikaciya qilindi va uning 2025 yil 23 sentyabridan 2026 yil 9 fevralgacha bo'lgan davrdagi natijalari bekor qilindi.
Sportchining takidlashicha, u doim doping nazoratidan o'tgan va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan. Qoidabuzarliklar esa mamuriy xarakterga ega bo'lib, Olimpiadadan keyingi zich jadval bilan bog'liq bo'lgan.
Avvalroq, hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov ham aynan mazkur sabab bilan chetlatilgandi.
Fikrlar