17 may 12:16
Yangiliklar
Tennis
"Challenger 80". Fomin o'zidan 460 pog'ona yuqoridagi raqibini taslim etdi
SHu kunlarda Qozog'istonning CHimkent shahrida "CHellenjer" tasnifiga kiruvchi "Shymkent II Challenger 80" turniri bo'lib o'tyapti.
Turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Bugun Fomin musobaqaning 1/16 bosqichida rossiyalik Alibek Kachmazovga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan uchrashuvda Sergey raqibini 6/1 7/6 hisobida mag'lub etib, 1/8 finalga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Sergey Fomin ATR reytingida 838, Kachmazov esa 378-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar