22 dek 15:11
Yangiliklar
Champions Chess Tour bosh sovrini kimga nasib qildi? Kim qancha pul ishlab oldi?
Umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 AQSH dollarini tashkil qilgan musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib borishdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyo reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy 16-Jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen bilan to'qnash keldi.
Uchrashuvda kutilganidek, Magnus Karlsen Nepomnyashiyni 4:1 hisobida mag'lub etib, Champions Chess Tour 2024 bosh sovrinini o'z yurtida olib qoldi. Sovrin uchinchi o'rin franciyalik shaxmatchilar — Alireza Firuzja va Maksim Vashe-Lagravga nasib etdi.
Magnus Karlsen chempion sifatida 206 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Finalchi Yan Nepomnyashiy 105 000, Alireza Firuzja 55 000, Maksim Vashe-Lagrav esa 52 000 dollarga ega bo'ldi. Eng kam mukofot ulushi so'nggi o'rinni egallagan Uesli Soga nasib qildi. Amerikalik grossmeyster o'z hamyonini 14 000 AQSH dollariga boyitib oldi.
Fikrlar