16 dek 15:46
Yangiliklar
Champions Chess Tour. Magnus Karlsen finalning 1-setini o'z foydasiga hal qildi
Umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri bosh sovrin uchun bahslarga kirishgandi. Ular qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2727) ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1/2 finalga qadar etib borgan va yakunda 3-o'rinni egallagandi.
Kecha tunda hal qiluvchi final bosqichining birinchi set uchrashuvi o'tkazildi. Unda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen amerikalik Uesli Soni 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chempionlik sari ilk qadamini tashladi.
Bugun grossmeysterlar o'rtasida ikkinchi set partiyalari o'ynaladi. Agar So bugun hisobni tenglashtirib olsa, hal qiluvchi 3-setga murojaat qilinadi.
Fikrlar