So’nggi yangiliklar

12:36Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0

15 dek 09:42
Yangiliklar

SHaxmat

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov 3-o'rin va 50 ming dollarga ega chiqdi

Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha "Champions Chess Tour Finals 2023" turniri davom etmoqda.

Umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2727) ham ishtirok etayotgan edi. 

Kecha yarim final bosqichining juftliklardagi ikkinchi set bahslari o'tkazildi va finalga yo'l olgan grossmeysterlar nomi malum bo'ldi. Kutilganidek, birinchi juftlikda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen amerikalik Fabiano Karuanani 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Ikkinchi yarim finalda esa Nodirbek birinchi setdagi ustunligini saqlab qola bilmadi. Amerikalik nomdor raqib Uesli So ikkinchi setda 2,5:1,5 hisobida zafar quchib, umumiy hisobgi tenglashtirdi. G'olib nomini aniqlab bergan uchinchi setning ikki partiyasida durang natija qayd etildi. Finalchini aniqlagan Armageddon partiyasida esa Nodirbek yaxshi poziciyaga ega bo'lsa-da, birgina yo'l qo'ygan xatosi tufayli mag'lubiyatga uchradi.

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov nufuzli Champions Chess Tour musobaqasini uchinchi o'rinda yakunladi. SHuningdek, yosh grossmeysterimiz 50 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Endi bosh sovrin uchun Magnus Karlsen va Uesli So bahs olib borishadi. Abdusattorov esa shu oy Samarqandda o'tkaziladigan rapid va blic yo'nalishidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'radi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing