27 may 15:56
Yangiliklar
CHaqiruv Kubogi. 43 yoshli CHusovitina oltin medal sohibasi!
Ushbu musobaqada qatnashgan hamyurtimiz Oksana CHusovitina butun dunyoni lol qoldirishda davom etmoqda. 19 iyun kuni 43 yoshni qarshilaydigan CHusovitina o'zining sevimli tayanib sakrash mashqlarida eng yuqori ball bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
Sloveniyalik Tyasa Kisselef kumush, rossiyalik Viktoriya Trikina bronza medaliga sazovor bo'ldi. Oksana CHusovitina 7ta Olimpiadada ishtirok etgan kurrai zaminimizdagi yagona sportchi hisoblanadi. U sakkizinchi Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'ryapti.
Sport gimnastikasi. CHaqiruv Kubogi
Osiek, Xorvatiya. Ayollar. Tayanib sakrash
1. Oksana CHusovitina (O'zbekiston) – 14,233
2. Tyasa Kisselef (Sloveniya) – 13,800
3. Viktoriya Trikina (Rossiya) – 13,733
Fikrlar
Поздравляем!