So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

29 avg 11:50
Yangiliklar

Futbol

"CHarm to'p-2019" musobaqasining bosh sovrini Toshkentda qoldi (FOTOGALEREYA)

Teglar :  CHarm to'pFutbol
Prezidentimiz tomonidan yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi ijrosini taminlash doirasida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlardan iborat jamoalar o'rtasida o'tkazilgan “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasi ham nihoyat o'z poyoniga etdi.

Kecha “Milliy” stadionda o'tkazilgan final o'yinida Toshkent shahrining “Iqbol” hamda Navoiy viloyatining “Kelachi” jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Ilk bora tashkil etilgan “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasida dastlab 3-o'rin egasi aniqlandi. Qashqadaryo viloyatining “Oqqamish” hamda Namangan viloyatining “Navkent” jamoalari o'rtasidagi bahsda avvaliga vohalik yoshlar 2-0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi. Ammo, “Navkent” jamoasi g'alabaga bo'lgan irodasini namoyon etdi va yakunda 3-2 hisobi bilan g'alaba qozongan holda musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Final o'yini oldidan kichik sahnalashtirilgan ko'rinish namoyish etildi. Maydonga karnay-surnay sadolari ostida doirachilar, ularning ortidan raqqosalar kirib kelishdi. So'ngra maydonga “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichiga etib kelgan barcha ishtirokchi jamoalar taklif etildi. Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov musobaqa ishtirokchilarini ajoyib sport bayrami bilan qutlar ekan, chempionlik uchun kurashadigan jamoalarga omad tiladi.

Ilk bora tashkil etilgan musobaqa g'olibiga atalgan ko'chma kubokni esa maydonga o'zbek futbolining tirik afsonalari Birodar Abduraimov hamda To'lagan Isoqovlar olib chiqishdi va aynan ular final uchrashuvining ramziy to'pini ham tepib berdi.

Mamlakatimiz iftixori, dunyoning eng yaxshi hakamlaridan biri, FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqargan o'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. O'ziga xos “omad lotoreyasi”da poytaxtlik yoshlarga omad kulib boqdi – 4:2. SHu tariqa, “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol musobaqasining ilk g'olibi Toshkent shahri Bektemir tumanining “Iqbol” jamoasi bo'ldi.

Musobaqa g'oliblari va ishtirokchi jamoalarni taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov va boshqalar ishtirok etdi. G'olib va sovrindorlarga oltin, kumush va bronza medallari, shuningdek diplomlar topshirildi. “Iqbol” jamoasi esa ko'chma kubok bilan taqdirlandi.SHuningdek, turli nominaciyalar bo'yicha ham eng yaxshilar aniqlanib, qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlandi.

“Eng yaxshi darvozabon” – Bekzod Amanullaev (“Iqbol”, Toshkent sh.)

“Eng yaxshi himoyachi” – Zuhriddin Murodillaev (“Kelachi”, Navoiy)

“Eng yaxshi yarim himoyachi” – SHuhrat Isganov (“Navkent”, Namangan)

“Eng yaxshi hujumchi” – Sanjar Aliqulov (“Ettiguzar”, Sirdaryo)

“Eng yaxshi futbolchi” – Sunnatilla Toshpo'latov (“Kelachi”, Navoiy)

“Eng yaxshi murabbiy” – Ahmadjon Xolmirzaev (“Navkent”, Namangan)


Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing