08 apr 16:24
Yangiliklar
Futbol
CHavandozimiz Jahon kubogining final bosqichida ishtirok etmoqda
Ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha terma jamoamiz murabbiyi va ayni vaqtda sardori Bekzod Qurbonov Germaniyada bo'lib o'tayotgan Jahon kubogining hal qiluvchi bosqichida qatnashmoqda.
“King Kornet L” laqabli tulpori bilan ishtirok etayotgan Qurbonov dastlabki saralash kunida o'z omadini sinab ko'rdi. O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining malum qilishicha, bellashuvlar 160 sm balandlikdagi to'siqlardan o'tish bo'yicha o'tkazilmoqda.
Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu bosqichda Bekzod Qurbonov 36 ishtirokchi orasida nafaqat Markaziy Osiyo, balki Xalqaro ot sporti federaciyasi tarkibidagi Evrosiyo ligasidan qatnashayotgan yagona vakil hisoblanadi. Reglamentga ko'ra, ertaga yana bir saralash bahslari o'tkazilsa, 10 aprel kuni chavandozlar medallar uchun bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar