So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

24 iyu 11:59
Yangiliklar

Ot Sporti

CHavandozlarimiz EvroOsiyo ligasida munosib ishtirok etishdi

Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahridagi “Maxima Park” ot sporti klubida konkur bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida EvroOsiyo ligasi bahlari bo'lib o'tdi.

Musobaqaning birinchi kunida hamyurtlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi. 120-130 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bahslarida hamyurtimiz Bekzod Qurbonov “Derlivang” laqabli otida oltin medalni qo'lga kiritdi. 2 fazali 110 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bahslarida Dilshod SHokirov ham 1-o'rinni egalladi.

125 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bahslarida Bahromjon Gaziev “Ledi” laqabli otida 2-o'rinni, 2 fazali 100 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bo'yicha Bekzod Qurbonov “Donna Gloriana” laqabli otida 3-o'rinsa sazovor bo'ldi.

Konkur bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida EvroOsiyo ligasi bahslarining ikkinchi kuni ham chavandozlarimizning sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishi bilan yakunlandi.

Balandligi 115 sm bo'lgan (ikki davrada) to'siqlardan sakrashda Boburjon Valijonov “Samira” laqabli otida yakkalik bahslarida kumush medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, Dilshod SHokirov va Boburjon Valijonovlar to'siqlar balandligi 115 sm bo'lgan marshrutda jamoaviy bahslarda 2-o'rinni egallashdi.

Balandligi 115 sm bo'lgan to'siqlardan sakrash bahslarida ham hamyurtlarimiz g'olib bo'lishdi: Azam Tolibboev birinchi bo'ldi, kumush medal esa “Brand” laqabli ot bilan qatnashgan Umidjon Komilovga nasib etdi.

To'siqlar balandligi 135-140 sm bo'lgan bahslarda 6 ta davlat o'rtasida umumjamoa hisobida O'zbekiston termasi kumush medalni qo'lga kiritdi. Ushbu yo'nalishda O'zbekiston terma jamoasi sharafini Bekzod Qurbonov, Umidjon Komilov, Nurjon Tuyakboev va Azam To'libboevlar himoya qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing