26 iyu 13:34
Yangiliklar
CHavandozlarimiz Rossiyadagi Jahon kubogi bosqichida yana g'olib bo'lishdi
Quvonarlisi, ushbu musobaqada yurtimiz chavandozlari ham munosib ishtirok etishdi.
Jumladan, vakillarimiz EvroOsiyo ligasi doirasidagi to'siqlardan sakrash, yani konkur yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan bahslarda shohsupaga ko'tarilishdi.
CSI-1 *, GOLD TOUR yo'nalishidagi g'olib va sovrindorlar:
1. Saidamirxon Turg'unboev (O'zbekiston),
2. Ayan Gani (Qozog'iston),
3. Bahromjon Gaziev (O'zbekiston).
Ushbu yo'nalishda faxrli 4-o'rin ham o'zbekistonlik sportchi Xurshidbek Alimjonovga nasib etdi. Mezbonlar esa atigi 5-o'rin bilan cheklanishdi. Mariya Mixailina eng yaxshi natija qayd etgan rossiyalik sportchi bo'ldi va u umumiy hisobda atigi 5-pog'onadan joy oldi.
CSI-W 140 sm yo'nalishidagi g'olib va sovrindorlar:
1. Bekzod Qurbonov O'zbekiston),
2. Tatyana Berlachko (Rossiya),
3. Nurjon Tuyakbaev (O'zbekiston).
Fikrlar