23 may 12:01
Yangiliklar

"CHellenjer" turniri g'olibi Sergey Fomin ATR reytingida "super" yuqorilashga erishdi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda, reytingning Top-10'ligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Serbiyalik Novak Jokovich hamon ATR reytingini boshqarib boryapti. Rossiyalik Daniil Medvedev ikkinchi, germaniyalik Aleksandr Zverev uchinchi pog'onadan joy olgan.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rnidan 8, Humoyun Sultonov 5, Sanjar Fayziev 1 pog'ona pastladi.
"Shymkent II Challenger 80" turniridagi g'alabadan so'ng Sergey Fomin reytingda "super" yuqorilashga erishdi. O'tgan hafta 838-pog'onani band etib turgan Fomin bu hafta o'z o'rnidan 434 pog'ona yuqorilashga erishdi va 404-o'ringa joylashdi. SHuningdek, Fomin ushbu yuqorilash orqali Humoyun Sultonov va Sanjar Fayzievni ortda qoldirib, mamlakatimizning ikkinchi raketkasiga aylandi.
ATP reytingi. Top-10. 23 may holatiga ko'ra:
1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 8660 ochko
2. (2) Daniil Medvedev (Rossiya) - 7980
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7075
4. (4) Stefanos Cicipas (Greciya) - 5965
5. (5) Rafael Nadal (Ispaniya) - 5525
6. (6) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 4648
7. (7) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3945
8. (8) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3940
9. (9) Feliks Oje (Kanada) - 3820
10. (10) Matteo Berrettini (Italiya) - 3805
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
311 (303). Denis Istomin - 161
404 (838). Sergey Fomin - 102
430 (425). Humoyun Sultonov - 91
671 (670). Sanjar Fayziev - 33
1161 (1162). Saidalo Saidkarimov - 6
1207 (1211) Jo'rabek Karimov - 5
1645 (1636) Olimjon Nabiev - 2
1816 (1808) SHonig'matjon SHofayziev - 1
Fikrlar