01 avg 17:10
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" - "Arsenal" o'yini boshlanish vaqti malum bo'ldi
Angliya futbol associaciyasi "Arsenal" hamda "CHelsi" o'rtasida bo'ladigan mamlakat Superkubogi uchun bahs vaqtini o'zgartirishga qaror qildi.
Avvaliga Angliya chempioni va mamlakat Kubogi egasi o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan edi, ammo uchrashuvni bir soat oldin boshlanadigan bo'ldi.
SHunday qilib, "Arsenal" - "CHelsi" bahsi Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi. Bu qarorga sabab sifatida ayollar o'rtasidagi Evropa chempionati final bahsi vaqti bir paytda bo'lishi ko'rsatilmoqda. Angliya terma jamoasi finalga chiqish imkoniyatiga ega. 3 avgust kuni ingliz ayollari Evro yarim finalida Gollaniya bilan o'ynashadi.
"Arsenal" - "CHelsi" bahsi esa 6 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar