19 iyu 17:22
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" Braziliya terma jamoasi xavbekiga qiziqmoqda
"CHelsi" "Fulxem" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Andreas Pereyrani sotib olmoqchi.
"Aristokratlar" futbolchi uchun taxminan 42 mln evro taklif qilishga tayyor.
Pereyra 2022 yilning iyulida "Manchester Yunayted"dan "Fulxem"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.
28 yoshli hujumkor yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Pereyra so'nggi Amerika Kubogida ham 3 ta o'yin o'tkazdi. Transfermarkt portali braziliyalik o'yinchini 20 mln evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : twitter.com/DeadlineDayLive
Fikrlar