16 avg 06:32
Yangiliklar

“CHelsi” g'alaba bilan boshladi, Kontening APLdagi debyuti omadli chiqdi
Unda “CHelsi” klubi o'z maydonida “Vest Xem” jamoasini qabul qilib, qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Diego Kosta 89-daqiqada jamoasining g'alaba to'pini kiritgan. “CHelsi” yangi bosh murabbiy Antonio Konte boshchiligida Premer-ligada yaxshi start oldi.
“CHELSI” – “VEST XEM” 2:1
Gollar: 1:0 – 47, penalti Azar, 1:1 – 77 Kollinz, 2:1 – 89 Diego Kosta.
“CHelsi” – Kurtua, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Kante, Matich, Oskar (Batshuayi, 85), Villian (Pedro, 80), Azar (Mozes, 85), Diego Kosta.
“Vest Xem” – Adrian, Kollinz, Rid, Masuaku, Kuyate, Antonio (Bayrem, 52), Nobl, Nordtveyt (Payet, 67), Ayyu (Tere, 35), Valensiya, Kerroll.
Ogohlantirishlar: Kante (3), Diego Kosta (19), Kollinz (21), Antonio (46), Aspilikueta (75).
Fikrlar