12 fev 20:03
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/322582_220.jpg)
"CHelsi" Ispaniya terma jamoasi yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"CHelsi" "Atletik" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams bilan shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda.
"Ko'klar"ning allaqachon "Atletik"ning 22 yoshli futbolchisini xarid qilishni ko'rib chiqayotgani taxmin qilinmoqda. Futbolchining o'zi kelasi transfer oynasida Evropaning yirik klubiga o'tishga tayyor. Uilyamsning shartnomasida tovon puli 60 mln evro atrofida etib ko'rsatilgan.
Ispanning "CHelsi"ga o'tishi London klubining mavsum yakunlariga ko'ra CHempionlar ligasiga yo'l olishiga bog'liq. Uilyams joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Ispanga oldinroq "Barselona" qiziqish bildirgandi.
Havola :
Fikrlar