01 jan 19:02
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" Lukakuni yanvarda boshqa klubga qo'yib yubormaydi
"CHelsi" hujumchi Romelu Lukaku bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi emas.
Oldinroq, belgiyalik intervyulardan birida "Inter"dan ketishi bu holda ro'y bermasligi kerakligini takidlagan va qaytishini aytgan edi.
Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "CHelsi"da Lukakuni yanvarda boshqa klubga qo'yib yuborish borasida hech qanday reja yo'q. Klubning bu boradagi poziciyasi aniq va u hujumchining ketmasligi bilan bog'liq.
Bosh murabbiy Tomas Tuxelning shaxsan o'zi futbolchi bilan vaziyatni oydinlashtirish uchun suhbat o'tkazdi.
28 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar