13 may 07:05
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" - muddatidan avval Angliya chempioni!
Angliya Premer ligasi 37-turidan o'rin olgan "Vest Bromvich" - "CHelsi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yin taqdirini hal qilgan gol bahsning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Mishi Batshuayi tomonidan mezbonlar darvozasiga kiritildi - 0:1. SHu tariqa, Antonio Konte boshchiligidagi "aristokratlar" bu mavsum Angliya premer-ligasi chempioniga aylanishdi!
"Vest Bromvich" - "CHelsi" 0:1
Gol: 0:1 – 82 Batshuayi.
CHelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Pedro (Batshuayi, 76), Fabregas, Azar (Villian, 75), Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (20), Fild (36), Uilson (71).
Havola :
Fikrlar